Testni saytga moslashtirish
.txt formatda testni tuzish yoki ai (sunniy intelektlar) orqali standart formatga moslashtirib oling!
Sessiyaga puxta tayyorlaning! Test fayllaringiz orqali bilimingizni sinang, natijalaringizni kuzating va imtihonga ishonch bilan kiring.
Ko'proq ko'rishQuyidagi o'quv maskanlari talabalari allaqachon bizdan foydalanmoqda
Quyidagi muammolar sizni ham qiynayaptimi?
Quiz botlarga savol, A,B,C,D varinatlarni alohida kiritish va toʻgʻri javobni tanlash
Agar test savolingiz yoki varinatlar matini koʻp boʻlsa bot qabul qilmasligi.
Soatlar davomida testlar bilan ishlash ko‘zning charchashi, tana toliqishi hamda diqqatning pasayishiga olib keladi.
Testlarni birma-bir kiritish, variantlarni tekshirish va formatlash ko‘p vaqt olishini ko‘rdik. Shu sababli Tezkor Quiz yaratildi — testlarni tezroq tayyorlash, qulay ishlash va talabalarning vaqtini tejash, sessiyaga samarali tayyorlanishiga yordam berish uchun.
Siz duch kelayotgan muammolar uchun bizda qulay yechimlar mavjud.
Faylni yuklang va bir zumda test boshlang. Hech qanday ortiqcha sozlash kerak emas — vaqtingizni tejang.
Tezkor mashq qilishdan tortib, real imtihon muhitini his qilishgacha bo‘lgan turli tajribalarni taqdim etadi.
Telefon, planshet yoki kompyuter — farqi yo'q. Sayt barcha ekran o'lchamlariga to'liq moslashgan.
Har bir test oxirida batafsil natijani ko'ring. To'g'ri, noto'g'ri va o'tkazib yuborilgan savollar alohida ko'rsatiladi.
Fayl yuklash va testni boshlash uchun to'lov talab etilmaydi. Istalgan vaqt, istalgan joydan kirish imkoniyati.
Faylingizni yuklang va bir zumda testni ishga tushiring. Sayt sizni hayron qoldiradi.
.txt formatda testni tuzish yoki ai (sunniy intelektlar) orqali standart formatga moslashtirib oling!
Saytga kirib testni boshlash (menyusi) bo'limi bosiladi va test turlaridan 1 tasi (tavsiya Pro Quiz) tanlanadi.
Fayl tanlash joyiga .txt faylni tanlang va testni boshlang.
Ha, saytdagi to'liq funksiyalar bepul. Faqat admin orqali fayl moslash pullik hisoblanadi.
Test savoli oddiy matn ko'rinishida yoziladi va so'roq belgisi bilan tugaydi. Savoldan keyin variantlar A, B, C, D harflari bilan belgilanadi va har biri alohida qatorda yoziladi. Variantlardan keyin to'g'ri javob ANSWER: so'zi orqali ko'rsatiladi va faqat variant harfi yoziladi. Har bir savoldan keyin kamida bitta bo'sh qator qoldiriladi.
Bu kompyuterlarda ko'p foydalaniladigan oddiy bloknot dasturi (inglizcha — Notepad). Bu xuddi Word kabi dastur lekin juda oddiy interfeysga ega — Word fayllar oxiri .docx bilan tugasa, Notepaddagi fayllar .txt bilan tugaydi.
1-usul: Admin orqali — faylni adminga yuboring va tayyor faylni saytga yuklang, testni boshlang.
2-usul: Saytda test yaratish bo'limi orqali osongina yarating va faylni yuklab oling, testni boshlash bo'limidagi rejimlarga yuklang.
3-usul: Kompyuterda .txt da yaratish — ish stolida sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, Создать → Текстовый документ ketma-ketligini tanlang. Faylga nom bering, faylni oching va standart format asosida test yarating.
4-usul: Telefonda 3-tomon txt editor dasturlari orqali ham qilish mumkin.
Tizimga kirgan holda "testni boshlash" bo'limini yoki yuqoridagi menyudan testni boshlash tugmasini bosing. Tezkor fokus, bilim sinovi, smart quiz, pro play, real imtihon rejimlaridan bittasini tanlang va test faylingizni yuklang.
Test fayli va sayt linkini do'stingizga tashlang. Do'stingiz faylni qurilmasiga yuklab oladi va saytga kirib test faylini yuklaydi.
Sizning test fayllaringizni saytimiz formatiga moslashtirishda yordam beramiz. Faqat faylingizni yuboring, qolganini biz qilamiz!
Telegram orqali